Chechenistonda o‘ta tezkor va o‘ta sokin musiqa taqiqlandi

Foto: “Vesti.az”

Checheniston hukumati respublikadagi barcha musiqiy, vocal va xoreografik asarlarning yangrash tezligini daqiqasiga 80 dan 116 zarbagacha bo‘lgan daraja bilan cheklashga qaror qildi, deb yozadi Meduza Checheniston Madaniyat vazirligiga tayanib. Shu tariqa tez va sekin o‘ynaydigan musiqalar taqiq ostiga tushdi.

Checheniston madaniyat vaziri Musa Dadayev 5-aprel kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisda ma’lum qilishicha, bu masala bo‘yicha respublika rahbari Ramzan Qodirov bilan kelishilgan holda “uzil-kesil qaror” qabul qilingan.

Qodirovning topshirig‘iga binoan Checheniston Madaniyat vazirligi musiqiy, vokal va xoreografik asarlar “chechen mentaliteti va musiqiy ritmiga” qanchalik mos kelishini tekshiradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.