“Chegara bilmas shifokorlar” Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda

Фото: Риа Новости

“Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro gumanitar tashkiloti (Médecins Sans Frontières, MSF) 32 yillik faoliyatidan so‘ng Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatmoqda. Bu haqda tashkilot saytida chop etilgan bayonotda aytiladi.

MSF joriy yilning avgust oyida Rossiya Adliya vazirligidan “Chegara bilmas shifokorlar” nodavlat tashkiloti filialini xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari reestridan chiqarish to‘g‘risidagi qaror bilan xat olganini xabar qiladi. Bu qaror aslida tashkilotning Rossiyadagi faoliyatini noqonuniy qiladi.

Ta’kidlanishicha, tashkilot 32 yil davomida Moskva, Sankt-Peterburg, Kemerovo oblasti, Checheniston, Ingushetiya, Dog‘iston, so‘nggi paytlarda Arxangelsk va Ivanovo oblastlarida, shuningdek, Rossiya janubida, Belgorod va Rostov-Donda faoliyat ko‘rsatgan.

Bayonotda aniqlik kiritilishicha, “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti zarur ruxsatnoma olgan taqdirda Rossiya bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.