Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketganlar chet el fuqarolari bo‘lgan
10-aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketgan shaxs Xitoy fuqarosi bo‘lib chiqdi. Bu haqda «Gazeta.uz» Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga tayanib xabar berdi.
Qutqaruvchilar uning jasadini 12-aprel kuni topdi.
Avvalroq kanalga uch kishi — ona-bola va erkak cho‘kib ketgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuraturaning aniqlik kiritishicha, cho‘kib ketgan ayol va bola — ona va o‘g‘il bo‘lib, Rossiya fuqarolari sanaladi. Erkak ular bilan tanish bo‘lmagan, cho‘kayotganlarga yordam berish uchun suvga tushgan.
Holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar