CNN: Livanda peyjerlar minalashtirilgan akkumulyatorlar yordamida portlatilgan
Livanning ikki yuqori martabali razvedka xodimi CNN telekanaliga aytishicha, portlagan “Hizbulloh” a’zolarining peyjerlaridagi portlovchi moddalar akkumulyatorlarga yashirilgan.
Suhbatdoshlardan birining CNN telekanaliga aytishicha, u buzilgan peyjerlardan birini tekshirgan va uning portlashini kuzatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlovchi modda peyjerning litiy batareyasiga “ko‘milgan”, shu bois uni deyarli aniqlab bo‘lmaydi. U hech qachon bunday narsani ko‘rmaganligini qo‘shimcha qiladi. Kanal suhbatdoshlari peyjerlar mamlakatga olib kirilgunga qadar qanday tekshiruvlardan o‘tganini oshkor qilmadi.
17 sentyabr kuni Livanda guruh a’zolariga tegishli peyjerlar portlashni boshlagandi. O‘shanda 30 dan ortiq kishi portlash qurboni bo‘lgan, 4 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
Sharhlar