CNN: Xarris Minnesota gubernatorini AQSh vitse-prezidenti lavozimiga nomzod sifatida ilgari surmoqchi

FILE PHOTO: Minnesota Governor Tim Walz speaks to the press after attending a meeting with U.S. President Joe Biden and other Democratic governors at the White House in Washington, U.S., July 3, 2024. REUTERS/Elizabeth Frantz/File Photo

Demokratik partiyadan davlat rahbari lavozimiga da’vogarlik qilayotgan AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris Minnesota gubernatori Tim Uoltsni AQSh vitse-prezidentligiga nomzod sifatida tanladi. Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar beradi.

Xarris o‘z qarorini tez orada e’lon qilishi kutilmoqda. U hali Uoltsga o‘z tanlovi haqida xabar berish uchun qo‘ng‘iroq qilmagan, deya qayd etadi CNN. Amerikaning sobiq rahbari va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampning yordamchilari Xarrisning saylovoldi shtab-kvartirasidagi vaziyatni “yaqindan kuzatmoqda”, – deydi telekompaniya manbalari.

Amerika ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Uoltsdan tashqari, Xarrisning saylovoldi poygasidagi sherigi roliga nomzodlar ro‘yxatiga Pensilvaniya, Kentukki va Illinoys gubernatorlari Josh Shapiro, Endi Beshir va Jey Robert Pritsker, shuningdek, Arizona shtatidan senator Mark Kelli va AQSh transport vaziri Pit Buttejaj ham kirgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.