“Cobalt” haydovchisi piyodalar o’tish joyidan kesib o’tayotgan maktab o’quvchisini urib yubordi

Фото: Соцсети

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab yaqinida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisasini aks ettiruvchi video tarqaldi. Unda “Cobalt” avtomobili haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, piyodalar o‘tish joyidan ko‘chani kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgan.

Kadrlarda qizning maktab yaqinidagi piyodalar o‘tish joyiga qanday yaqinlashgani, uning qarama-qarshi tomonida qizil bayroqli yo‘l nazoratchisi turganini ko‘rish mumkin. Haydovchi katta tezlikda uni urib yuborganida maktab o‘quvchisi yo‘lni kesib o‘tishni boshlagan bo’lgan. Qiz zarbadan bir necha metr uzoqlikka uchib ketgan.

Hozirda jabrlangan maktab o‘quvchisining ahvoli haqida ma’lumot noma’lum, voqea joyi haqida ham ma’lumot berilmagan.

Mas’ul idoralar voqea yuzasidan izoh bergandan so’ng to’liq ma’lumot beriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.