Donald Tramp suiqasddan omon qoldi va qulog‘idan yaralandi
AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi. Pensilvaniyada AQSh prezidentligiga nomzodning omma oldiga chiqishi vaqtida otishma ovozlari eshitildi.
Siyosatchining qulog‘i qonagan. Translyatsiya qilingan kadrlarda amerikalik sobiq yetakchining nutqini qanday qilib to‘xtatib, qulog‘idan ushlab, so‘ng yerga yotib qolgani ko‘rsatilgan. Tramp maxfiy xizmat xodimlari tomonidan qamrab olingan, shundan so‘ng u zudlik bilan evakuatsiya qilingan. CNN xabariga ko‘ra, u boshidan jarohat olgan.
Trampga qarata otishmalar uning Bayden haqidagi so‘zlari paytida boshlangan
Tramp Pensilvaniyadagi saylovoldi tashviqoti tadbirida otib keta boshlaganida Jo Bayden haqida gapirayotgandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma to‘htatilgan. Razvedka xizmatlari voqea tafsilotlarini aniqlamoqda.
Ayni damda Tramp shifoxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. The New York Times gazetasining yozishicha, siyosatchining sog‘ligi yaxshi. Ma’lumotni siyosatchining matbuot kotibi tasdiqlagan.
Baydenga Trampga suiqasd uyushtirilgani haqida xabar berilgan
AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zidan oldingi prezidentning Pensilvaniyadagi mitingda omma oldida chiqishi chog‘ida sodir bo‘lgan otishma haqida ma’lumot olgan.
Oq uy
Meksika prezidenti Andres Manuel voqeaga munosabat bildirdi. U AQSh prezidentligiga nomzodning nutqida otishmani qoraladi. “Zo‘ravonlik mantiqsiz va g‘ayriinsoniydir”, degan u.
Sharhlar