Telegram asoschisi Pavel Durov Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohat qilmoqda
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov avvalroq Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurib, ushbu mintaqadagi Telegram foydalanuvchilari ehtiyojlarini o‘rganish niyatini ma’lum qilgan edi. Tadbirkor o‘z Telegram-kanalida safar chog‘ida olingan suratlarni e’lon qila boshladi.
Uning ilk manzili Qirg‘iziston bo‘ldi. Tog‘ landshafti va Issiqko‘l ko‘li aks etgan fotosuratlarni ko‘rish mumkin. Durovning yozishicha, odamlar va tabiat unga juda yoqqan, shuningdek, u infratuzilma tezkor rivojlanayotganini qayd etgan.
“Aholining yarmidan ko‘pi Telegram’dan foydalanadi. So‘nggi to‘rt oyda esa foydalanuvchilar soni 30 foizga o‘sgan”, — deya qayd etdi u.
Shuningdek, Pavel Durov Toshkentga ham kelgani aytilmoqda, uni 24-iyun kuni poytaxtdagi fitness-klublardan birida ko‘rishgan. Bundan tashqari, Durovga Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohatida hamrohlik qilayotgan Guseyn Gasanov ham o‘z ijtimoiy tarmoqlariga Toshkentda olingan fotosuratlarni joylagan.
Sharhlar