Erdo‘g‘on Zelenskiyning tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatlashini va qrim-tatarlar manfaatlarini himoya qilishini bildirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqara Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning 10 ta banddan iborat tinchlik rejasini prinsipli ravishda qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi, deb yozadi Anadolu agentligi.
“Biz tinchlikka erishish uchun avvalroq Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralar jarayonini qayta boshlashga tayyormiz”, — dedi Erdo‘g‘on Ukraina — Janubi-Sharqiy Yevropa sammiti ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida.
Erdo‘g‘on, shuningdek, Turkiya Ukraina mustaqilligi, suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Turkiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Anqara qrim-tatar xalqi huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun bor kuchini ishga solmoqda.
Zelenskiyning rejasi Rossiya qo‘shinlarining Ukraina hududidan olib chiqilishi va 1991-yilgi chegaralarning qayta tiklanishi, shu jumladan, Rossiya bosib olgan Qrim qaytarilishini ko‘zda tutadi.
Sharhlar