Eron politsiyasi omma oldida hijobsiz qo‘shiq aytgan videokliplari faol qizni hibsga oldi
Eron xavfsizlik xizmati faol Zara Ismoiliyni hijobsiz omma oldida kuylagan videokliplari uchun hibsga oldi. Bu haqda “Mediazona” xabar beradi.
Nashrning aniqlik kiritishicha, qiz 3-avgust, shanba kuni qo‘lga olingan. Ayni damda uning qaerda ekanligi noma’lum.
Ismoiliy metro yoki bog‘lar kabi jamoat joylarida hijobsiz qo‘shiq kuylayotgani aks etgan videolarni suratga olish orqali mamlakatda shuhrat qozongan. Uning so‘nggi shunday videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Eronda ayollarning jamoat joylarida qo‘shiq aytishi va raqsga tushishi 1979-yildan beri taqiqlangan. Bu qoida islom shariatining talqini bo‘lib, u ayolning ovozi “provokatsion” va “behayo” deb hisoblaydi.
So‘nggi paytlarda mamlakatda san’atkorlarga nisbatan qatag‘onlar kuchaygan. Shunday shov-shuvli ishlardan biri 2022-yil oktyabr oyida hibsga olingan eronlik reper Tumaj Solihiyning jinoiy javobgarlikka tortilishi bo‘ldi. U ruhoniylarga qarshi namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun “er yuzida korruptsiyani tarqatishda” ayblangan. 2023-yilda u olti yil-u uch oyga ozodlikdan mahrum etilgan.
2024-yil aprel oyida esa inqilobiy sud ishni ko‘rib chiqib, musiqachini o‘limga hukm qildi, biroq ikki oy o‘tib Islom Respublikasi Oliy sudi bu qarorni bekor qildi.
Ammo Solihiy hamon hibsda qolmoqda, bundan tashqari, unga “yolg‘onni tarqatish” va “rejimga qarshi tashviqot” ayblovlari qo‘yilgan.
Sharhlar