Taniqli rejissor Muhammad Rasulof 8 yillik qamoqqa hukm qilingach, Eronni yashirincha tark etdi
Eronlik rejissor Muhammad Rasulof sud tomonidan sakkiz yillik qamoqqa hukm qilingach, mamlakatdan yashirincha qochib ketganini ma’lum qildi, deb yozadi BBC.
“Menga beg‘arazlik bilan, shuningdek, o‘z hayotlarini xavfga qo‘ygan holda chegarani kesib o‘tishga hamda uzoq va mashaqqatli safardan keyin xavfsiz joyga yetib olishga yordam bergan do‘stlarimga va tanishlarimga rahmat aytaman”, — deb yozdi u Instagram sahifasida.
Kann kinofestivalining tanlov dasturi doirasida Rasulofning “Muqaddas anjir urug‘i” filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi. Eron hukumati uni o‘z kartinasini festivaldan olib tashlashga undagan, ammo u bunday qilishdan bosh tortgan.
Rejissorning advokati ma’lum qilishicha, Rasulof o‘z filmini taqdim etish uchun Kannga bormoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Eronda rejissor Muhammad Rasulof sakkiz yillik hibsga hukm qilingan edi. Uning advokati ma’lum qilishicha, hukm uchun Rasulofning omma oldidagi bayonotlari va uning filmlari asos bo‘lgan. Sud ularni “mamlakat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish niyatida til biriktirish namunalari” deb atadi.
Sharhlar