Finlyandiya Rossiyaning 35 million yevroga teng ko‘chmas mulk aktivlarini musodara qildi

фото: inosmi.ru

Finlyandiya hukumati umumiy qiymati 35 million yevrodan ortiq bo‘lgan 40 ga yaqin Rossiya davlat mulki obyektlarini musodara qildi. Bu haqda Yle sud ijrochilari xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Finlyandiyada Rossiya ko‘chmas mulkini hibsga olish to‘g‘risidagi qaror Xelsinkidagi sud tomonidan avgust oyida qabul qilingan. Bunga Gaaga hakamlik sudining “Naftogaz” da’vosi bo’yicha Rossiya Federatsiyasini kompaniyaga Qrimning anneksiya qilinishi bilan bog’liq yo’qotishlar uchun tovon to’lash majburiyatini yuklagan qarori asos bo’ldi.

Ular orasida Xelsinkidagi Rossiya fan va madaniyat markazi, diplomatlar dam olish uchun dengiz bo’yidagi plyaj zonasi, Finlyandiyaning turli shaharlaridagi Rossiya muassasalari xodimlari uchun kvartiralar va boshqalar bor.

Avvalroq Finlyandiyada plyajning Rossiyaga tegishli bo‘lgan va diplomatlar dam olishi uchun foydalaniladigan qismi tortib olingani xabar qilingandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.