AQSH hukumati mamlakatda “Krokus”dagiga o‘xshash terakt yuz berishidan xavfsiramoqda
Federal qidiruv byurosi (FQB) AQSHda Podmoskovyedagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalidagi teraktga o‘xshash hujumlar ehtimolidan tobora ko‘proq xavotirlanmoqda. Bu haqda FQB direktori Kristofer Rey NBC News’ga ma’lum qildi.
“Biz bir necha hafta avval ISHID hujumi oqibatida Rossiyadagi konsert zalida ko‘rgan narsalarimizdan uncha faqr qilmaydigan qandaydir muvofiqlashtirilgan hujum shu yerda (AQSHda) ham yuz berishidan borgan sari ko‘proq xavfsirayapmiz”, — dedi u.
“Krokus Siti Xoll”dagi terakt 22-mart kuni kechqurun sodir bo‘lgandi: qurollangan erkaklar konsert zaliga bostirib kirib, odamlarni o‘qqa tutgan. So‘ng ular binoga o‘t qo‘yib, qochib ketgan. Terakt oqibatida 145 kishi, shu jumladan, olti nafar bola halok bo‘lib, 550 dan ziyod odam jabrlandi. Hujum uchun javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga oldi.
Sharhlar