Fransiyada hech bir koalitsiya yoki partiya parlamentda mutlaq ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kirita olmadi
Fransiya parlamentiga saylovlarning ikkinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra, “Yangi xalq fronti” so‘l kuchlar alyansi g‘olib bo‘ldi. Prezidentning “Birgalikda” koalitsiyasi ikkinchi, Marin Le Penning birinchi bosqichda g‘alaba qozongan “Milliy birlashuv” partiyasi uchinchi o‘rinni egalladi, deb yozadi “Kommersant”.
Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berish natijalari quyidagicha:
- Yangi xalq fronti” — 182 ta mandat;
- “Birgalikda” — 168 ta;
- “Milliy birlashuv” — 143 ta;
- “Respublikachilar” — 45 ta.
Qolgan birlashmalar birgalikda 39 ta o‘ringa ega bo‘ldi.
Fransiyada muddatidan oldingi parlament saylovlari prezident Emmanuel Makronning koalitsiyasi Yevroparlamentga saylovlarda yutqazganidan keyin, uning qarori bilan bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich 30-iyunda, ikkinchisi 7-iyulda o‘tkazildi. Saylov yakunlariga muvofiq, Fransiya bosh vaziri Gabriel Attal iste’foga chiqadi.
Sharhlar