FXX Nijegorod oblastida joylashgan koloniyada teraktning oldini oldi — Baza va Shot kanallari

Фото: Baza

Nijegorod oblastidagi koloniyada teraktning oldi olindi. Xavfsizlik kuchlariga yaqin telegram kanallariga ko‘ra, terakt 6-axloq-tuzatish koloniyasi (ATK) mahbuslari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Baza kanalining ta’kidlashicha, ular Federal jozoni ijro etish xizmati (FJIEX) xodimlariga hujum qilib, qochishni uyushtirmoqchi bo‘lgan.

Shot  telegram-kanalining yozishicha, to‘rt kishi hibsga olingan. Baza ma’lumotlariga ko‘ra, ularda pichoq va tig‘lar topilgan. Ekstremistik faoliyatni tashkil etish, qamoqxonadan qochish va rejimli muassasa faoliyatini buzish moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Iyun oyida Rostov-Dondagi mahbuslar qamoqxona xodimlarini garovga olgandi. Hujum paytida barcha garovga olinganlar ozod qilingan. 23-avgust kuni vaziyat Volgograd oblastidagi 9-ATKda takrorlandi. Keyin garovga olish natijasida FJIEXning uch nafar xodimi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.