Zelenskiy iyunda G7 mamlakatlari uchrashuviga boradi — Bloomberg
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy iyunda Italiyada bo‘lib o‘tadigan G7 mamlakatlari yetakchilari uchrashuvida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib. Zelenskiyning ofisi izoh berishdan bosh tortdi va uning grafigi hozircha tasdiqlanmaganini bildirdi.
Agentlik qayd etishicha, Ukraina prezidenti G‘arb mamlakatlarini ukrain harbiylariga Rossiya hududi ichkarisiga zarbalar berish imkonini beruvchi uzoq masofali qurollar yetkazib berishga undamoqda. U G7 yetakchilari sammitiga ketma-ket ikki yildan buyon qatnashmoqda.
Bu yil sammit 13—15-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Politico may oyida Vashingtonga bir guruh ukrainalik diplomatlar tashrif buyurib, AQSH administratsiyasini qurol-yarog‘dan Rossiyaga zarbalar berishda foydalanishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashga ko‘ndirishga uringan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning maqsadi Rossiya qurolli kuchlarining Xarkov viloyatida olg‘a siljishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uning harbiy omborlariga zarbalar berish hisoblanadi.
Sharhlar