Germaniya Rossiya hujum qilgan taqdirda qo‘shinlarni tashlash rejasini yaratmoqda
Bundesver alyans va Rossiya o‘rtasida ehtimoliy harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda Sharqiy Yevropaga harbiylarni tashlash sxemasini ishlab chiqmoqda, deb yozadi Der Spiegel.
Agar Rossiya Federatsiyasi Germaniya orqali NATOning sharqiy qanotiga hujum qilsa, uch oydan olti oygacha alyansning 800 ming askarini, shuningdek, 200 mingdan ortiq turli xil texnikalarni tashlash kerak bo‘ladi.
G‘arbdan sharqqa harbiy kolonna uchun asosiy yo‘l Oberxauzen shahridan Berlin halqa yo‘ligacha bo‘lgan A2 avtomagistrali bo‘ladi. Bundesver, yerlar hokimiyati va federal hukumat ushbu marshrut xavfsizligi, shuningdek, fuqarolik infratuzilmasining yo‘lda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘lgan taqdirda bunday miqdordagi texnika va harbiy xizmatchilarni joylashtirish va saqlash imkoniyatlari ustida ishlamoqda.
Iyun oyida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Bundestagda nutq so‘zlab, Germaniya 2029-yilgacha Rossiya hujumi sodir bo‘lgan taqdirda o‘zini himoya qilishga tayyor bo‘lishi kerakligi haqida ogohlantirgan edi. “Mudofaamizni e’tiborsiz qoldirishga haqqimiz yo‘q. Putinning urush iqtisodiyoti keyingi mojaroga tayyorgarlik ko‘rish uchun harakat qilmoqda”, – dedi u.
Sharhlar