Germaniya Ukrainaga yangi yordam paketini taqdim etdi

Фото: newsliga

Germaniya Ukrainaga yangi yordam paketi haqida e’lon qildi. Unga, xususan, artilleriya o‘qlari, minasizlantirish mashinalari va uchuvchisiz uchar qurilmalarga qarshi signal to‘suvchi uskunalar kirdi. Bu haqda Germaniya hukumati saytida xabar berildi.

To‘liq ro‘yxat quyidagicha:

  • 155 millimetr kalibrli 14 mingta snaryad;
  • 22 ta dronga qarshi datchik va signal to‘suvchi;
  • 4 ta WISENT 1 minasizlantirish mashinalari;
  • Chegaralarni qo‘riqlash uchun 4 ta mashina;
  • 12 ta Satcom sun’iy yo‘ldosh aloqa terminallari;
  • 250 ta portlovchi materialli uskunalar to‘plami;
  • 10 ta Vector razvedka dronlari (ehtiyot qismlari bilan birga);
  • Portlash xavfiga ega buyumlarni zararsizlantirish uchun uskuna;
  • 3 ta ko‘chma, masofadan boshqariladigan va himoyalangan minasizlantirish tizimlari.

Ayni vaqtda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevroittifoq tomonidan va’da berilgan 1 millionta o‘q-doridan faqat 30 foizi qabul qilinganini aytdi — bu ushbu ko‘rsatkich 2023-yil noyabridan buyon o‘zgarmaganini bildiradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.