Tamash Shuyok Vengriya prezidenti etib saylandi

Фото: eudaily

Vengriya parlamenti Konstitutsiyaviy sud raisi lavozimini egallab kelgan Tamash Shuyokni mamlakat yangi prezidenti sifatida sayladi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Shuyokni yoqlab 134 deputat ovoz berdi, besh nafari qarshi chiqdi, qolganlar qatnashmadi.

Shuyok sakkiz kun ichida qasamyod qabul qilib, lavozimiga kirishishi kerak. Ungacha mamlakat prezidenti vazifasini parlament spikeri Laslo Kyover bajarib turadi.

Tamash Shuyok davlat rahbari lavozimida Katalin Novak o‘rnini egallaydi. U pedofiliya asosidagi jinoyatga aloqador odamning afv etilishi bilan bog‘liq mojaro fonida iste’foga chiqqan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.