Putin Kim Chen Inga Aurus avtomobilini hadya qilgani ma’lum bo‘ldi

Foto: Moskva 24

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin KXDR yetakchisi Kim Chen Inga mashina sovg‘a qilganini tasdiqladi, deb yozadi “Kommersant”. U Aurus avtomobili bo‘lgan. Peskov boshqa ma’lumotlarni keltirmadi.

Avvalroq Putin KXDR yetakchisiga Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobilni sovg‘a qilgani haqida Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar bergandi. Ammo mashina rusumi va modeliga aniqlik kiritilmagandi.

Nashr eslatishicha, dekabrda Kim Chen In Maybach avtomobiliga ega bo‘lgani haqida ma’lum bo‘lgandi, ushbu mashinani respublikaga yetkazib berish sanksiyalar orqali taqiqlangan bo‘lishiga qaramay. Taxminlarga ko‘ra, gap 2019-yilda chiqarilgan Benz Maybach haqida bormoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.