Germaniyada o‘ldirilgan chechen komandirining bevasi Krasikovning Rossiyaga berilishini qoraladi

Фото: Delfi

Manana Satiyeva qarindoshlari bilan hech kim rasman maslahatlashmaganiga hayron bo‘ldi.

U DW ga bergan izohida: “Ular bunday ishni qilishlarini xayolimga ham keltirmagndim”, – deydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvaning Zelimxon Xangoshvilining qotilini almashishga urinishlari haqidagi mish-mishlar Krasikov sudidan keyin darhol boshlangan. “Keyin advokatlar bizni ishontirib, buning iloji yo‘qligini: agar ular umrbod qamoq jazosiga hukm qilishsa, bu odam muddatining kamida yarmini mamlakatda o‘tkazishi kerakligini aytishgandi”, – deydi Satiyeva.

“Nega ular hech bo‘lmaganda oiladan so‘rashmadi, go‘yoki bu oila yo‘qday, go‘yoki bu jarohatlar sodir bo‘lmaganday”, – deydi Germaniyada yashovchi chechen komandirining bevasi. Xangoshvilining oilasi “almashinuv natijasida birovning hayoti saqlanib qolganidan” xafa emas.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.