Germaniyada signalizatsiya yo‘qligi sababli yangi o‘t o‘chirish qismi yonib ketdi
Gessendagi Shtadtallendorf shahrida 2024-yil yanvar oyida qurilgan va o‘ta zamonaviy va innovatsion hisoblangan o‘t o‘chirish qismi yonib ketdi.
Yangi bino 23 metr balandlikdagi mashg‘ulot minorasi, sport zali, kir yuvish va maxsus shlanglarni tozalash tizimi bilan jihozlangan. Biroq, yong‘in signalizatsiyasi va yong‘inni o‘chirish tizimini o‘rnatish uchun pulni tejashga qaror qilingan, chunki qonun bunday ob’ektlarga bunday qimmat tizimlarni o‘rnatishni majburlamaydi.
Taxminlarga ko‘ra, yong‘in asbob-uskunalar garajida boshlangan, u yerda avtomobil yonib ketgan. О‘t o‘chiruvchilar uch daqiqa ichida voqea joyiga yetib kelgan va jihozlarning bir qismini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lgan, biroq yong‘in tez tarqalib, o‘t o‘chirish qismini deyarli butunlay yo‘q qilgan. Olov jihozlar xonasi tomidan 10-15 metr balandlikka ko‘tarilgan, o‘nta o‘t o‘chirish mashinasi yongan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong‘indan ko‘rilgan umumiy zarar 20 million yevroga baholanmoqda.
Qo‘shni munitsipalitet meri shaharda qurilayotgan o‘t o‘chirish punktiga yong‘in signalizatsiyasini o‘rnatishga va’da berdi.
Sharhlar