Germaniyada Ukraina uchun federal byudjetdan tashqari maxsus fond yaratishga chaqirishdi

Фото: Deuts

Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vaziri Svenya Shulse Berlindagi “SDPG” iqtisodiy forumida “Biz Germaniya xavfsizligiga sarmoya kiritishimiz va Ukrainaga o‘zini himoya qilishda yordam berishimiz kerak – buning har ikkisi ham biz byudjetga ajratganimizdan ko‘ra ko‘proq mablag‘ talab qiladi”, dedi.

Uning fikricha, Germaniyaning Ukraina oldidagi majburiyatlari «ishonchliroq» bo‘lishi kerak.

Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner avvalroq Ukraina uchun maxsus fond yaratishdan bosh tortgan edi.

Shulse, shuningdek, Yevropa Ittifoqining asosiy bozorlarini Ukraina mahsulotlari uchun ochishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Ukrainaning YЕIga kirishiga tayyorgarlik ko‘rishi uchun muhim.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.