“Green Card”ga qaysi mamlakat fuqarolari ro’yxatdan o’tolmasligi e’lon qilindi
AQSh Davlat departamenti fuqarolari Green Card DV-2026 lotereyasida qatnasha olmaydigan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu yil 18 davlat istisno ro‘yxatiga kiritilgan.
Ushbu davlatlardan so‘nggi besh yil ichida 50 mingdan ortiq fuqaro AQShga ko‘chib kelgan. Shu sababli ular 2026-yilgi Green Card DV-2026 lotereyasida ishtirok etolmaydi.
Ular: Bangladesh, Braziliya, Kanada, Xitoy (shu jumladan Honkong), Kolumbiya, Dominikana Respublikasi, Salvador, Haiti, Honduras, Hindiston, Yamayka, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Filippin, Koreya Respublikasi, Venesuela, Vetnam.
“Ma’lumot uchun, Xitoy umumiy istisno qilinganiga qaramay, Makao va Tayvanda tug‘ilganlar lotereyada qatnashish huquqini saqlab qoldi”, – deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Davlat departamenti quyidagi Green Card lotereyasini ro‘yxatdan o‘tkazish sanalarini e’lon qildi:
DV-2026 lotereyasiga ro‘yxatdan o‘tish 2024-yil 2-oktyabrdan 2024-yil 5-noyabrgacha bo‘lib o‘tadi.
DV-2026 lotereyasi natijalari 2025-yil 3-maydan e’lon qilinadi.
Sharhlar