Haj vaqtida Makkada 550 ga yaqin ziyoratchilar vafot etgan

Фото: Asia-plus

Bu yil yana o‘ta issiq havoda o‘tayotgan haj vaqtida kamida 550 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi. Bu haqda AFP xabar bermoqda .

Agentlik manbalariga ko’ra, halok bo’lganlarning kamida 323 nafari misrlik bo’lib, ularning aksariyati issiqlik bilan bog’liq kasalliklardan vafot etgan. Ularning qayd etishicha, bu raqamlar Makkadagi shifoxonaning o‘likxonasidan olingan.

Saudiya Arabistoni Milliy meteorologiya markazi maʼlumotlariga koʻra, dushanba kuni Makka shahridagi Masjid al-Haramda havo harorati Selsiy boʻyicha 51,8 darajaga yetgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.