Pentagon Ukrainadagi elchixonaga qo‘shimcha harbiy maslahatchilarni yubormoqchi
AQSH Ukrainadagi elchixonasiga qo‘shimcha harbiy maslahatchilarni yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder Politico’ga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, maslahatchilar jangovar harakatlarda qatnashmaydi, balki Ukraina hukumati va harbiylariga konsultatsiyalar berib, ularni qo‘llab-quvvatlaydi.
“Butun nizo davomida Mudofaa vazirligi bizning mamlakatdagi ishtirokimizni xavfsizlik sharoitlari o‘zgarishiga qarab o‘rganib va tuzatib bordi. Ayni paytda biz elchixona qoshidagi Mudofaa hamkorligi boshqarmasini kengaytirish uchun bir nechta qo‘shimcha maslahatchilarni yo‘naltirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz”, — dedi Rayder.
Uning aniqlik kiritishicha, ushbu personal diplomatik missiya rahbariga bo‘ysunadi, lekin harbiy idora xodimlarini o‘z ichiga oladi. Pentagon vakili “tezkor xavfsizlik va kuchlarni himoya qilish yuzasidan” ularning soniga aniqlik kiritishdan bosh tortdi. Amerikalik mansabdorlar nashrga ma’lum qilishicha, gap 60 kishi haqida borayotgan bo‘lishi mumkin.
Sharhlar