Ukrainadagi urushda Rossiyaning “Izvestiya” nashri harbiy muxbiri halok bo‘ldi
Rossiyaning “Izvestiya” nashri harbiy muxbiri Semyon Yeryomin Ukrainadagi urushda halok bo‘ldi, deb yozadi Meduza. Yeryomin Ukrainaning FPV-droni hujumi oqibatida halok bo‘lgan. U Zaporojye viloyatida reportaj tayyorlayotgan vaqtida yaralangan.
“Izvestiya” Yeryominning oxirgi reportajini 17-aprel kuni chiqargan. Video qayerda va qachon olinganiga aniqlik kiritilmagan.
Rossiya Jamoatchilik palatasi Yeryomin vafotidan keyin Jasorat ordeni bilan mukofotlanishi uchun ariza bermoqchi.
Semyon Yeryomin 2022-yil fevralida to‘liq ko‘lamli urush boshlanganidan buyon Ukrainadagi jangovar harakatlarni yoritib kelgan.
Ulashish:
Sharhlar