Polsha Ukrainadagi “keskin tun” tufayli, o‘z samolyotlarini havoga ko‘tardi
Polsha armiyasi Rossiya uzoq aviatsiyasi Ukraina g‘arbida faollashgani tufayli, o‘z samolyotlarini havoga ko‘tardi. Bu haqda Polsha qurolli kuchlari tezkor qo‘mondonligi ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“Bu Rossiya uzoq aviatsiyasining Ukraina g‘arbiy hududida kuzatilayotgan faolligi tufayli, Polsha havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi uchun navbatdagi juda keskin tun bo‘ldi”, — deyiladi muassasa xabarida.
Harbiylar Polsha janubi-sharqida “Polsha va ittifoq aviatsiyasi ishi boshlangani tufayli, yuqori darajadagi shovqin” kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
4-sentabrga o‘tar kechasi Kiyev, Sumi, Lvov va Krivoy Rogda portlash ovozlari eshitildi. Kiyev shahri chekkalarida va Kiyev viloyatida havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari ishladi. Bundan tashqari, tonggi 5 larda Ukrainaning barcha viloyatlarida havo trevogasi e’lon qilindi.
Sharhlar