“Hizbulloh” harakati o‘z yetakchisi Hasan Nasrullo halok bo‘lganini tasdiqladi
“Hizbulloh” harakati o‘z bosh kotibi Hasan Nasrullohning o‘limini rasman tasdiqladi.
“Hizbulloh” rahbariyati Isroilga qarshi harbiy harakatlarni davom ettirishga, Falastin va G‘azoni qo‘llab-quvvatlashga hamda “Livan va uning matonatli va olijanob xalqini himoya qilishga” va’da berdi.
“Janobi oliylari o‘z fikrlari va ruhi bilan hamon oramizda. Biz barchamiz g‘alabaga qadar qarshilik ko‘rsatish va fidoiy bo‘lishga ont ichamiz”, — deyiladi Hizbulloh bayonotida.
Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy kuchaytirilgan qo‘riqchilar bilan xavfsiz joyga yetkazilgani haqida avvalroq yozgan edik.
Ulashish:
Sharhlar