Qrimga 10 ta ATACMS raketalari, Belgorod, Kursk va Bryansk viloyatlariga esa dronlar bilan hujum qilindi

Фото: "Крымский ветер"

15-mayga o‘tar kechasi Qrim osmonida 10 ta ATACMS uzoq masofali raketalari urib tushirilgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi, deb yozadi Meduza.

Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev ham yoppasiga hujum qaytarilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari akvatoriya ustida va Belbel aeroporti yaqinida bir nechta raketani urib tushirgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Ukrainaning “Krimskiy veter” monitoring pabligi Belbek aerodromi hududidagi, shuningdek, Yevpatoriya va Baxchisaray tumanidagi portlashlar haqida ma’lum qildi. Aerodromning uchta nuqtasida yong‘inlar yuzaga kelgan.

Shuningdek, tunda Belgorod va Rostov viloyatlari hujumga uchragan. Rossiya Mudofaa vazirligi da’vo qilishicha, Belgorod viloyatida osmonida ikkita lokatsiyaga qarshi Harm raketasi, ikkita Hammer bombasi, “Olxa” baravar o‘t ochish reaktiv tizimining ikkita reaktiv snaryadi va to‘qqizta uchuvchisiz uchar qurilma urib tushirilgan. Yana beshta dron Kursk viloyati, uchtasi esa Bryansk viloyatida osmonida yo‘q qilingan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.