Shimoliy Amerikada millionlab odamlar quyoshning to‘liq tutilishini kuzatdi (foto va video)

затмение
Фото: Рамблер

Shimoliy Amerika mamlakatlarida millionlab odamlar quyoshning to‘liq tutilishini kuzatdi. Ushbu noyob hodisani birinchi bo‘lib Meksikaning Masatlan shahridagi aholi va sayyohlar ko‘rdi. Oy quyosh yuzini to‘liq to‘sib qo‘ydi, natijada osmon naq to‘rt daqiqaga qorong‘ilikda qoldi.

Shuningdek, to‘liq quyosh tutilishini AQSH va Kanadada hamda Tinch okeani va Atlantika okeanidagi ba’zi orollar hududida ham ko‘rish mumkin bo‘ldi.

Shimoliy va Janubiy Amerika, Markaziy Amerika va Yevropa g‘arbidagi mamlakatlar aholisi quyosh tutilishining ba’zi bosqichlariga guvoh bo‘ldi.

Bundan keyingi to‘liq quyosh tutilishi 2026-yil 12-avgust kuni kuzatiladi va shimoliy yarim sharning katta hududlarini qamrab oladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.