Rossiya zarbalari Ukrainadagi elektr stansiyalarining 80 foiziga ziyon yetkazdi

Foto: AFP

So‘nggi bir necha hafta mobaynida Rossiya tomonidan berilgan zarbalar oqibatida Ukraina issiqlik elektr stansiyalarining 80 foizgacha bo‘lgan qismi va gidroelektr stansiyalarning yarmidan ko‘pi zarar ko‘rdi. Bu haqda Ukraina energetika vaziri German Galushchenko Kiyevda jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi DW.

Vazir buni Rossiyaning to‘liq ko‘lamli istilosi boshlanganidan buyon “Ukraina energetika sektoriga qilingan eng yirik hujum” deb atadi. Rossiya qo‘shinlari har bitta zarba ko‘proq ziyon yetkazishi uchun “Eron namunasi bo‘yicha portlovchi dronlar va raketalar”ni qo‘llamoqda, dedi u.

Mart oxiridan buyon Ukraina energetika obyektlari Rossiya qo‘shinlari tomonidan muntazam zarbalarga uchramoqda. Natijada ba’zi aholi punktlarida, shu jumladan, Ukraina shimoli-sharqidagi Xarkovda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.