Huquq himoyachilari Rossiya targ‘ibotchilarini Xalqaro jinoiy sudga berdi
Xalqaro jinoiy sudga to‘liq murojaatni bu yerda o‘qish mumkin.
Xalqaro inson huquqlari federatsiyasi Ukraina fuqarolik erkinliklari markazi (CCL), Xarkov Inson huquqlarini himoya qilish guruhi (KHPG) va Rossiyaning inson huquqlari tashkiloti (xavfsizlik sababli ism-sharifi oshkor qilinmadi) bilan birgalikda Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xonga teleboshlovchilar Vladimir Solovyov va Dmitriy Kiselyov, “Komsomolskaya pravda” muallifi Sergey Mardan, RT bosh muharriri Margarita Simonyan, shuningdek, sobiq prezident va bosh vazir Dmitriy Medvedevning insoniyatga qarshi jinoyatlarini tergov qilishni so‘rab, qo‘shma murojaat yubordi. Murojaat mualliflari ularni ukrainaliklarga nisbatan nafrat uyg‘otishda va ommaviy qirg‘inlarni oqlashda ayblamoqda, bu esa Rim statutiga ko‘ra siyosiy va milliy sabablarga ko‘ra ta’qib qilish jinoyati hisoblanadi.
Xalqaro huquq faollari guruhi XJS prokuroridan Rossiya televideniesi, radiosi va bosma ommaviy axborot vositalarida davlat tashviqotini nazorat qiluvchi prezident ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksey Gromovning jinoyatlariga oid dalillarni alohida ko‘rib chiqishni so‘ramoqda. Murojaatga ko‘ra, Gromov barcha tashviqot rivoyatlarini shaxsan o‘zi shakllantirgani va nazorat ostidagi Rossiya OAVlariga yuborgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak.
Nafratni qo‘zg‘atishning o‘zi XJS yurisdiktsiyasiga kiradigan xalqaro jinoyatdir, deydi huquq himoyachilari. “Vajnie istorii” ushbu murojaat bilan tanishdi va uning asosiy bandlarini taqdim etdi.
Sharhlar