“Krokus”dagi teraktda jabrlanganlar soni 382 kishiga yetdi

хораса
Фото: РБК

Podmoskovyedagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalida yuz bergan terakt oqibatida 382 kishi, shu jumladan, to‘qqiz nafar bola jabrlangan. Bu haqda “TASS” halokatlar tibbiyoti markaziga tayanib xabar berdi.

Jabrlanganlarning ko‘pchiligi — 217 kishi — ambulator ko‘mak olgan. Agentlik manbasiga ko‘ra, yana 165 kishi kasalxonaga yotqizilgan edi, ammo shularning 96 nafariga allaqachon javob berilgan.

Ayni paytda “Izvestiya” va “112” Telegram-kanali o‘z manbalariga tayanib, jabrlanganlar soni 551 kishiga yetgani haqida yozmoqda.

So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, terakt qurbonlari 143 kishini tashkil etmoqda.

Halok bo‘lganlar orasida uch nafar Belarus fuqarosi borligi haqida mamlakat elchixonasi xabar bergan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.