Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy 19-may kuni mamlakatning Sharqiy Ozarbayjon viloyatida vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Mehr davlat agentligi xabar berdi. U bilan birga bortda bo‘lgan tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Tabriz juma namozi imomi oyatulloh Muhammad Ali Al-e-Hoshim, Sharqiy Ozarbayjon viloyati rahbari Malik Rahmatiy, vertolyot ekipaji va bir nafar qo‘riqlov xodimi ham halok bo‘lgan.
Ibrohim Raisiy o‘tirgan vertolyot 19-may kuni Eron delegatsiyasining tashrifidan so‘ng Ozarbayjondan qaytib kelayotgan edi. Sharqiy Ozarbayjon viloyatining Arsbarana tumanida u halokatga uchragan va g‘oyib bo‘lgan. Uni 73 ta qutqaruv otryadi 10 soatdan ko‘proq qidirgan.
20-may kuni ertalab Turkiyaning Bayraktar Akinci uchuvchisiz uchar qurilmasi Eron tomoniga Eronning Tavel qishlog‘i yaqinida, Ozarbayjon bilan chegaradan 30 km masofada issiqlik manbasi aniqlangani haqidagi ma’lumotlarni uzatdi, o‘sha yerdan vertolyot topilgan. U butunlay yonib ketgan, deya ma’lum qildi eronlik mansabdor. Eronning Qizil yarim oy jamiyati bildirishicha, halokatga uchragan havo kemasi bortida omon qolganlar topilmagan.
Sharhlar