IKEA oxirgi aktivini sotish orqali Rossiyadan chiqishni yakunladi
Shvetsiyaning Ingka guruhi Rossiyadagi so’nggi aktivi – Esipovo qishlog’idagi 180 ming kvadrat metr maydonga ega omborni sotdi, deb xabar beradi RBC.
2003-yildan buyon faoliyat yuritayotgan ushbu ombor mamlakatdagi barcha IKEA do’konlariga xizmat ko’rsatgan. Maydonga tadbirkor Robert Uzilov xaridor bo’lgan.
IKEA Rossiya bozorini Ukrainaga keng ko’lamli bostirib kirish boshlanganidan keyin tark etdi.
2023-yilda Ingka Group o’z aktivlarini, jumladan Luzales va Slotex kompaniyalari tomonidan sotib olingan zavodlarni, shuningdek, Gazprombank va KLS-Ximki tomonidan sotib olingan Mega savdo markazlari va Ximki biznes-parkidagi shtab-kvartirasini sotdi.
Ulashish:
Sharhlar