Ikki nafar Fransiya fuqarosi Boyqo‘ng‘ir kosmodromiga kirishga uringan
Ikki nafar Fransiya fuqarosi Boyqo‘ng‘ir kosmodromiga kirishga urindi, ulardan biri halok bo‘ldi, deb yozadi Meduza.
Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, ikki erkak katta yo‘lga chiqib, dashtdagi baland binolar tomon yo‘l olgan. Yo‘lda ulardan biri kasal bo‘lib qoladi. O‘rtog‘iga voqea joyida yordam bera olmagan sherigi yordam so‘rab ketadi.
“U katta yoʻlga yetib borgani, mashinani toʻxtatgan payti, vaziyatni tushuntirib, yordam chaqirishga muvaffaq boʻlganida, birinchisi suvsizlanishdan vafot etgani ma’lum boʻlgan”, — deydi RIA Novosti agentligiga manba.
“RIA Novosti” suhbatdoshi sodir bo‘lgan voqeaning boshqa tafsilotlarini, jumladan, Fransiya fuqarolarining ismlarini ham keltirmagan. Fransiya diplomatlari hozircha voqea yuzasidan izoh berishmagan.
Boyqoʻngʻir kosmodromi nozik obʼyekt, ammo bu ekstremal sayyohlarning kosmodromga tashrif buyurish uchun ruxsatisiz yetib borishga urinishini toʻxtata olmaydi.
Sharhlar