Eron prezidentining vertolyoti qulagan joydan olingan ilk tasvirlar e’lon qilindi
Eronning Mehr davlat axborot agentligi mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiyning vertolyoti qulagan joydan fotosurat e’lon qildi.
Suratda halokatga uchragan transport vositasining bir qismini ko‘rish mumkin, uning yonida esa qidiruv guruhi a’zolari turibdi.
Shuningdek, ISNA agentligi vertolyot qulagan joydan videotasvini e’lon qildi. Unda Eron prezidentining vertolyoti qulagan taxminiy joyni ko‘rish mumkin, bu yerlar tepaliklardan iborat.
Bortida Eron prezidenti bo‘lgan vertolyot 19-may kuni kechqurun Eronning shimoli-g‘arbidagi balandliklar bilan qoplangan hududida halokatga uchradi. Vertolyotda Raisiy bilan birga tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Tabriz shahar masjidi imomi oyatulloh Muhammad Ali Al-e-Hoshim, Sharqiy Ozarbayjon viloyati rahbari Malik Rahmatiy ham bo‘lgan. Delegatsiya Ozarbayjondan qaytib kelayotgan edi.
20-may kuni ertalab vertolyot qulagan joy aniqlandi, Mehr agentligi Raisiy va unga hamrohlik qilgan siyosatchilarning barchasi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Sharhlar