Irina Bolgar Durov bilan “hech qachon juftlik bo‘lmagani” haqidagi bayonotlarni yolg‘on deb atadi
Pavel Durovning uch farzandining onasi Irina Bolgar milliarder bilan munosabatlarda emasligi haqidagi bayonotlarni “uyatsiz yolg‘on” deb atadi.
Avvalroq tadbirkorning vakili The New York Times nashriga Durov va Bolgar “hech qachon juftlik bo‘lmagan” degan gaplarni aytgandi.
“Men NYT jurnalistlariga Durov vakilining yolg‘on izohlarini rad etishim kerak bo‘lgan barcha dalillarni taqdim etdim”, – deydi Bolgar. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning tadbirkor bilan “barcha 10 yillik oilaviy hayoti”ni aks ettiruvchi fotosuratlari bor.
Bundan tashqari, Bolgar “Telegram” asoschisi bilan yozishmalari borligini, undan Durovning o‘zi bu munosabatlarni oilaviy deb hisoblagani kelib chiqishini qayd etadi.
Durovning vakili NYT bilan suhbatda tadbirkorning ko‘p farzandlari borligini, ularning har biri uchun oyiga 10 ming dollar ajratishini aytgan. Bolgar bu pullarni hashamatga ishlatganini qo‘shimcha qilgan. Durov Shveytsariya adliya tizimi ushbu nizoni hal qilishiga va “Bolgar tomonidan noqonuniy o‘zlashtirilgan” mablag‘lar bolalarga qaytarilishiga umid qilayotganini ham ta’kidlagan.
Bolgar esa 10 ming dollar miqdoridagi imtiyozlar haqida bilmasligini qayd etib: “Men bu yolg‘on bayonotlardan hayratdaman. Men barcha yolg‘onlarga alohida post yozaman”, – deb va’da bergan.
Sharhlar