Iroqda 9 yoshli qizlarga turmushga chiqishga ruxsat beradigan beradigan qonun sababli norozilik namoyishlari bo‘lmoqda

Фото: Oxu az

Iroq parlamenti qizlarning turmush qurish yoshini 9 yoshga tushiruvchi qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. O‘g‘il bolalar uchun esa bu 15 yoshni tashkil qilishi mumkin. Ayollar huquqlari faollarining aytishicha, qonun qizlarni zo‘rlashni amalda qonuniylashtiradi. Shu munosabat bilan Bag‘dod va mamlakatning boshqa shaharlari ko‘chalarida norozilik namoyishlari boshlandi. Qonun tarafdorlari namoyishchilarni “ma’naviy tanazzulda” va “G‘arb kun tartibiga rioya qilishda” ayblamoqda.

“The Guardian”  nashrining ta’kidlashicha, Iroqda bir necha yillardan beri parlamentdagi aksariyat o‘rinlarni shia diniy guruhlari egallab kelmoqda va ular shariatga asoslangan bir qancha qonunlarni qabul qilgan. Jumladan, mamlakatda majburiy diniy bayramlarni joriy etish, jinsga mansub bo‘lmagan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish, zo‘rlangan shaxs jabrlanuvchiga turmushga chiqsa, jazodan qutulib qolish imkonini berish. Qizlar uchun nikoh yoshini 9 yoshgacha tushirish tashabbusini, bir versiyaga ko‘ra, Muhammad payg‘ambar 9 yoshli Oysha ismli qizga uylangani bilan izohlash mumkin ekan.

Ayollar huquqlari faollarining fikricha, parlament fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchilardan qo‘rqib, konservativ qonunlarni qabul qilmoqda. 2019 yilda butun mamlakat bo‘ylab yoshlarning hukumatga qarshi norozilik namoyishlari avj olgandi, hozir rasmiylar bu takrorlanmasligiga umid qilmoqda.

“2019-yilgi ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng bu siyosiy o‘yinchilar ayollarning jamiyatdagi roli mustahkamlana boshlaganini ko‘rishdi. Ular feministlar, ayollar tashkilotlari, fuqarolik jamiyati va faol harakatlar ularning kuchi va mavqeiga tahdid solayotganini his qilishdi. Va ularni bostirishni boshlashdi”, – deydi Iroqda joylashgan “Aman” ayollar alyansi asoschilaridan biri Nadiya Mahmud.

Hozir parlamentning 25 nafar a’zosi qonun loyihasi bo‘yicha qayta ovoz berishning oldini olishga urinmoqda, biroq ular kuchli qarshilikka duch kelyapti.

“Ushbu qonunni qo‘llab-quvvatlovchi erkak deputatlar: voyaga yetmaganga turmushga chiqishning nimasi yomon? deb so‘rayapti. Ularning fikrlash doirasi tor. Ular odamlar taqdirini belgilovchi qonunchilar ekanliklarini hisobga olishmaydi”, – deydi yoshni pasaytirishga qarshi norozilik bildirayotgan iroqlik deputat Alia Nassif.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.