Isroil bosib olgan hudduddagi futbol maydonchasiga raketa tashlandi. 12 nafar o‘smir halok bo‘ldi
Isroil harbiylari ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil tomonidan bosib olingan Golan tepaliklarida futbol maydonining o‘qqa tutilishi natijasida 12 nafar o‘smir va yoshlar halok bo‘lgan, yana o‘nlab kishilar jarohatlangan.
Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) raketa Majdal Shams hududiga tushganini aytdi. Qurbonlarning aksariyati bolalar va o‘smirlar ekanligi taxmin qilinmoqda.
SAXAL hujumda Livan “Hizbulloh” harakatini aybladi, biroq “Hizbulloh”ning OAV bo‘limi boshlig‘i Muhammad Afif Isroil shimolidagi “Majdal Shamsdagi voqea bilan aloqasi borligini” rad etdi va barcha ayblovlarni yolg‘on deb atadi.
Biroq, zarba ta’siri haqida xabarlar paydo bo‘lishidan oldin, “Hizbulloh” to‘rtta zarba uchun javobgarlikni, jumladan Xermon tog‘i yonbag‘irlaridagi “Xermon” brigadasi harbiy shtab-kvartirasiga hujumni o‘z zimmasiga oldi. Baza portlash sodir bo‘lgan futbol maydonidan taxminan uch kilometr uzoqlikda joylashgan.
Hujumlar Isroilning Livandagi hujumi ortidan sodir bo‘lib, to‘rt jangari halok bo‘ldi.
AQSHga tashrif buyurgan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘z vataniga rejalashtirilganidan ertaroq qaytganini aytdi. Shanba kuni yordamchilar unga vaziyat haqida ma’lumot berishdi.
Sharhlar