Isroil mudofaa armiyasi Livanda o‘tkaziladigan amaliyot uchun 4 ta zaxira brigada safarbar qilinishi haqida e’lon qildi
Isroil mudofaa armiyasi (IMA) shimoliy yo‘nalishdagi vazifalarni bajarish uchun to‘rtta qo‘shimcha zaxira brigadani safarbar qilishini e’lon qildi. Tegishli ma’lumotlar 1-oktyabr kuni paydo bo‘ldi.
“Vaziyat tahliliga ko‘ra, Isroil mudofaa armiyasi shimoliy yo‘nalishda tezkor topshiriqlarni bajarish uchun to‘rtta qo‘shimcha zaxira brigadalarini chaqirmoqda”, — deyiladi “SAXAL”ning rasmiy Telegram-kanalida tarqatilgan bayonotda.
Avvalroq AQShning Iroqdagi harbiy bazasi raketa hujumiga uchragani haqida yozgan edik.
Ulashish:
Sharhlar