Isroildagi vazirlar Trampga suiqasddan keyin Netanyaxuni ham xuddi shunday taqdir kutmoqda, deb hisoblaydi
AQShning 45-prezidenti Donald Trampning hayotiga suiqasd uyushtirilganidan so‘ng, Isroil hukumati vazirlari so‘nggi oylarda mamlakatda eshitilgan ko‘plab g‘alayonli bayonotlar fonida Yahudiy davlati bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga ham xuddi shunday taqdir tahdid solayotganidan qo‘rqishdi.
Xususan, 2023-yil oxirigacha tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan Isroil energetika vaziri Eli Koen o‘zining X sahifasida (sobiq Twitter) shunday deb yozdi:
“Trampga suiqasd uyushtirishga urinish Bosh vazir Netanyaxuga qarshi gijgijlash bilan shugʻullanuvchilar va bu masalada sukut saqlayotganlar uchun aniq ogohlantiruvchi signaldir”.
Trampga suiqasd uyushtirilganidan keyin aloqa vaziri Shlomo Karya “Isroildagi vaziyat ikki baravar jiddiy” degan fikrni bildirdi.
“Sobiq prezident Trampga suiqasdga urinish AQShda unga qarshi cheksiz da’vatlardan so‘ng sodir bo‘ldi. Bosh vazir [Netanyaxu], uning rafiqasi va oʻgʻliga qarshi jiddiy gijgijlashlar amalga oshishiga har qachongidan ham yaqinroq”, deb hisoblaydi vazir, – dey yozmoqda The Times of Israel nashri.
Avvalroq Donald Tramp suiqasddan omon qolgani va qulog‘idan yaralangani haqida yozgan edik.
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdni qoraladi.
Sharhlar