Isroilning “Hizbulloh” bilan nizosi kuchayganidan buyon qariyb 700 nafar livanlik fuqaro halok bo‘ldi

Фото: IMAGO/Rainer Unkel

Isroil va Livanning “Hizbulloh” harakati o‘rtasida jangovar harakatlar kuchayishi natijasida shu hafta ichida 700 ga yaqin odam, jumladan, kamida 150 nafar ayol va bolalar halok bo‘lgan.

Bu ma’lumotlarni Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi keltiradi.

Qo‘shni mamlakat janubi va sharqida zarbalarni kuchaytirgan Isroil mudofaa armiyasi harbiy obуektlar va harbiylashtirilgan guruh rahbariyatini nishonga olayotganini aytmoqda.

Isroil tanklari va zirhli texnikalarining shimoliy chegara tomonda to‘planishi haqida xabarlar ko‘paygan. Komandirlar zaxiraga chaqiruv e’lon qilgan. Isroil hukumati “Hizbulloh” yahudiy davlatiga hujum qilishda davom etsa, Livanni G’azoning taqdiri kutishidan ogohlantirdi.

Juma kuni Livandan Isroil hududini o‘qqa tutish davom etdi, natijada bir kishi jarohatlangan. Isroil harbiylariga ko‘ra, Livan hududidan otilgan Quyi Galileya shimolida bir nechta dron va o‘nlab snaryadlar ushlab qolingan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.