Issiqko‘lda nogiron qizni zo‘rlagan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi
Issiqko‘l oblastida yashovchi ikki nafar fuqaroga nisbatan eshitish qobiliyati past, gapirmaydigan 24 yoshli ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan qizni zo‘rlaganlik yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.
Jabrlanuvchining onasi 2-avgust kuni politsiyaga murojaat qilgan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, 29-iyul kuni Qorako‘l shahridagi bozorda ikki nafar noma’lum shaxs uni o‘g‘irlab ketishgan va Oqsuv qishlog‘iga olib borishadi. O‘sha kechasi uni o‘g‘irlaganlardan biri zo‘rlagan va ertasi kuni ertalab uni shiyponga olib borib, navbatma-navbat zo‘rlashgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda jabrlanuvchining yaqinlari qiz uch kun davomida molxonada ushlab turilgani, kaltaklangani, chorva boqish va ovqat pishirishga majburlangani haqida xabar berishdi. Jabrlanuvchining miyasi chayqalgani va oyog‘i singanligi aniqlangan. Qarindoshlari uni To‘qtoyandagi qamoqxonadan topib olishadi. Qo‘lga olish vaqtida gumonlanuvchilar mast holatda bo‘lgan.
Issiqko‘l oblasti ichki ishlar boshqarmasi gumonlanuvchilarning qo‘lga olinganini tasdiqladi va “zo‘rlash” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Bu Qirg‘izistonda nogiron ayollarga nisbatan birinchi zo‘ravonlik holati emas. Joriy yilning yanvar oyida Qadamjoy tumanida birinchi guruh eshitish nogironi turmush o‘rtog‘i Ayqiz Qalmurza qizini o‘ldirgan mahalliy fuqaro qo‘lga olingan edi. Erkak avvaliga 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, keyin esa bu muddat mol-mulki musodara qilinib, jarima bilan 15 yilga oshirilgan.
Sharhlar