ISW: Ukraina QKni Kursk viloyatidan siqib chiqarish uchun Rossiyaga ko’proq askar kerak
Rossiya Kursk viloyatida qarshi hujumini davom ettirmoqda, ammo Amerikaning Urushni o’rganish instituti (ISW) buni Ukraina qo’shinlarini butunlay siqib chiqarishga qaratilgan keng ko’lamli operatsiya deb hisoblamaydi.
ISW nashrining yozishicha, Rossiya hukumati hozirgacha asosan mintaqadagi kam tayyorgarlikdan o‘tgan va jihozlangan chaqiriluvchilarga, shuningdek, Rossiya oddiy harbiy kuchlari va boshqa xavfsizlik kuchlarining kichik qismlariga tayangan.
“Kursk viloyatida Ukraina qoʻshinlari tomonidan bosib olingan hududni qaytarib olish uchun Rossiyaning qarshi hujumi, ehtimol, Rossiya hududda toʻplanganidan koʻra koʻproq shaxsiy tarkib va texnikani talab qilishi mumkin, ayniqsa, joylashtirilgan boʻlinmalarning aksariyati jangovar tajribaga ega boʻlmasa”, – deydi ISW tahlilchilari oʻz baholarida.
Ularning fikriga ko’ra, Rossiya harbiylari qarshi hujumni davom ettirmoqda, ammo agar ular uzoq muddatli qarshi hujum operatsiyasi uchun qo’shinlar guruhini yaratmoqchi bo’lsalar, “operatsiya teatrining boshqa hududlaridan Kursk viloyatiga qo’shimcha qismlarni o’tkazishlari” kerak.
Sharhlar