Bir qator ittifoqdoshlar Ukrainaning NATOga taklif qilinishini qo‘llab-quvvatladi
Bir qator ittifoqchilar Ukrainaning NATOga taklif qilinishini qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi Bloomberg. Ammo Shols bunga qarshi chiqdi. “Urush bundan ham kattaroq ofatga aylanib ketmasligi kerak”, — dedi u.
Ukrainaning alyansga eng yaqin vaqtda qo‘shilishi — mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning “g‘alaba rejasi” bandlaridan biri. Kiyev ittifoqchilarining bir qismi ushbu banddan Kremlga bosim o‘tkazish uchun dastak sifatida foydalanishni ko‘zda tutmoqda. Ammo ular qaysi mamlakatlar ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Biroq Germaniya kansleri Olaf Shols nafaqat Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga, balki uzoq masofali qurol-yarog‘ yetkazib berilishiga ham qarshi chiqmoqda.
“Biz Ukrainani imkon qadar g‘ayrat bilan qo‘llab-quvvatlayapmiz. Ayni vaqtda biz NATO urushda tomonlardan biriga aylanib qolmasligi va bu urush yanada kattaroq halokat tusini olmasligi uchun sergak turibmiz”, — dedi Shols.
Sharhlar