Siril Ramafosa Janubiy Afrika Respublikasi prezidentligiga qayta saylandi
Janubiy Afrika Respublikasi Milliy assambleyasi Siril Ramafosani qaytadan prezident etib sayladi, deb yozadi “Kommersant”. Uning nomzodini yoqlab 283 deputat ovoz berdi, 44 kishi qarshi chiqdi.
“Men muhtaram Siril Ramafosani tegishli ravishda saylangan prezident deb e’lon qilaman”, — dedi JAR bosh sudyasi Raymond Zondo Milliy assambleyaning yangi tarkibi majlisida.
JARni 1994-yildan buyon boshqarib kelayotgan “Afrika milliy kongressi” may oxirida bo‘lib o‘tgan saylovlarda saylovchilarning 40,2 foiz ovozini qo‘lga kiritib, g‘olib bo‘lgan edi. Biroq 30 yildan buyon birinchi marta partiya parlamentda ko‘pchilik o‘rindan mahrum bo‘ldi. Bu Nelson Mandelaning partiyasi bo‘lib, aparteid qulaganidan keyingi besh prezidentning barchasi shu partiyadan chiqqan.
Sharhlar