Jared Ayzekman ochiq fazoga chiqqan tarixdagi birinchi kosmik turistga aylandi

Фото: Polaris Dawn

41 yoshli milliarder Jared Ayzekman ochiq fazoga chiqqan birinchi kosmik sayyoh bo‘lib tarixga kirdi. Polaris Dawn missiyasi Shift4 to‘lov xizmatining asoschisi tomonidan to‘langan.

Ekipajning uch a’zosi – AQSh Harbiy-havo kuchlari uchuvchisi va ikki astronavt ayol SpaceX astronavti bilan birga Ayzekman 10-sentyabr kuni Floridadagi Kennedi kosmik markazidan SpaceX tomonidan uchirilgan Crew Dragon  kemasida koinotga uchdi.

Missiya davomida Ayzekman va SpaceX xodimasi kema tashqarisida bir necha soat vaqt o‘tkazib, birinchi marta ochiq fazoga tijorat chiqishini amalga oshirdi.

Jamoa bir qator ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazdi, jumladan, mikrogravitatsiyaning dori vositalari va o‘simliklar rivojlanishiga ta’sirini o‘rgandi. Polaris Dawn missiyasining narxi oshkor etilmagan, biroq Ayzekmanning SpaceX kemasidagi avvalgi turistik parvozi 200 million dollarga baholangandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.