Moskvada terakt oqibatida halok bo‘lganlar shaxsini aniqlash jarayoni boshlandi

Foto: AGN Moskva

Moskvada “Krokus Siti Xoll” konsert zalidagi terakt oqibatida halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash jarayonlari boshlandi, deb xabar beradi “RIA Novosti” shahar sog‘liqni saqlash departamentiga tayanib.s

Jasadlarni tanib olish jarayoni Moskva sud-tibbiy ekspertiza byurosida bo‘lib o‘tmoqda, u yerda oldindan marhumlarning qarindoshlari taklif qilinmoqda.

Departamentda qayd etishlaricha, ba’zi hollarda jasadlarni tanib olish uchun molekulyar-genetik ekspertiza talab etilishi mumkin, u esa kamida ikki hafta vaqt oladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Krokus”dagi terakt oqibatida 133 kishi halok bo‘lgan. Terakt natijasida yonib ketgan binoda vayronalarni ko‘zdan kechirish davom etmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.